O'zbekistonlik himoyachi Abdugani Kamolov faoliyatini Yevropada davom ettiradi.
Tribuna.uz nashriga ma'lum bo'lishicha, futbolchi Kosovoning «Ferizay» klubi bilan shartnoma imzolagan.
Bu klub Kosovo chempionatining turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda. Kamolov esa bu mamlakat futbolida o'ynaydigan ilk o'zbekistonlik charm to'p ustasiga aylandi.
Qanot himoyachisi 2025 yilni «Abdish-Ata»da boshlagan, ikkinchi davrada «Bishkek City» safiga borib qo'shilgandi.