Live
1
O'zbek

44 yoshli Uilyams qaytganidan keyingi ilk o‘yinida g‘alaba qozondi

Tennis
9 iyun, 12:10
23 karra «Katta dubulg‘a» musobaqalari chempioni ikkinchi davraga chiqdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
44 yoshli Uilyams qaytganidan keyingi ilk o‘yinida g‘alaba qozondi
Foto: Getty Images

23 karra «Katta dubulg‘a» musobaqalari g‘olibasi amerikalik Serena Uilyams va kanadalik Viktoriya Mboko juftligi Londondagi WTA-500 kategoriyasi turnirining ikkinchi davrasiga chiqdi.

Uilyams va Mboko juftligi musobaqaning ilk o‘yinida AQSH vakillari Nikol Melikar-Martines va Yangi Zelandiyalik Erin Rutliffni mag‘lub etdi.

Kelasi bo‘limda Uilyams/Mboko Leyla Fernandes/Laura Zigemund va Aleksandra Panova/Demi Sxurs o‘rtasidagi g‘oliblarga qarshi o‘ynaydi.

Bugungi yangiliklar