Live
2
O'zbek

Yorrel Hato Boulining davridagi 50-transferga aylandi

Futbol
4 avgust, 12:33
Yorrel Hato Boulining davridagi 50-transferga aylandi
Фото: Getty Images

Niderlandiyalik himoyachi Yorrel Hato Todd Bouli boshqaruvida «Chelsi»ning 50-transferiga aylandi.

19 yoshli futbolchi «aristokratlar» bilan 2032 yilning yozigacha shartnoma imzoladi. Transfer qiymati 43 million yevroni tashkil qildi.

Bouli 2022 yilning 20 iyunida «Chelsi» boshqaruvi raisi lavozimini egalladi. Shundan beri amerikalik biznesmen qo'l ostida amalga oshirilgan transferlar soni 50tani tashkil etdi.

Xususan, 2022/23 yilgi mavsumda 17, 2023/24 yilda 12 va 2024/25 yilgi mavsumda 13 nafar futbolchi bilan shartnoma imzolandi.

Yozgi transfer vaqtida, 2025/2026 yilgi transfer davrida London klubi 8 ta kelishuvni amalga oshirdi.

Bugungi yangiliklar