Bugun
12
O'zbek

Yevro-2028 saralash bosqichi qur’asi oldidan savatchalar ma’lum qilindi

Futbol
18 noyabr, 09:16
Qur’a tashlash marosimi 6-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Yevro-2028 saralash bosqichi qur’asi oldidan savatchalar ma’lum qilindi
Фото: Getty Images

2028-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichi qur’asi uchun milliy jamoalar savatchalarga ajratildi.

Turnir saralash bosqichida jami 54 ta milliy jamoa ishtirok etadi. Ular orasida Rossiya yo‘q.

UEFA rasmiy sayti xabar berishicha, qur’a tashlash marosimi 6-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Yevro-2028 saralash bosqichi qur’asi uchun savatchalar tarkibi:

1-savatcha: Angliya, Portugaliya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Belgiya, Niderlandiya, Daniya, Gretsiya, Italiya, Norvegiya, Xorvatiya.

2-savatcha: Uels, Serbiya, Turkiya, Chexiya, Shveytsariya, Shvetsiya, Avstriya, Vengriya, Shimoliy Irlandiya, Bosniya va Gersegovina, Sloveniya, Irlandiya.

3-savatcha: Shotlandiya, Kosovo, Ukraina, Polsha, Isroil, Ruminiya, Gruziya, Shimoliy Makedoniya, Chernogoriya, Albaniya, Islandiya, Slovakiya.

4-savatcha: Estoniya, Belarus, Kipr, Farer orollari, Finlandiya, Moldova, Armaniston, Bolgariya, Lyuksemburg, Qozog‘iston, Latviya, San-Marino.

5-savatcha: Malta, Ozarbayjon, Litva, Andorra, Gibraltar, Lixtenshteyn.

Yevropa chempionatining final bosqichi 2028-yil 9-iyundan 9-iyulgacha Buyuk Britaniya va Irlandiyada bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yevropa chempionati Yevropa chempionati
Bugungi yangiliklar