O‘zbekistonlik hakamlar U 17 jahon chempionatining ilk turiga tayinlov oldi.
Qatarda FIFA U17 jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning 1-turidan o‘rin olgan Mozambik — Daniya uchrashuvini boshqarish o‘zbekistonlik hakamlar jamoasiga ishonib topshirildi.
Mazkur bahs 19-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi. Unga ko‘ra, Asker Najafaliyev bosh hakam sifatida ishlaydi. Baxtiyorxo‘ja Shavkatov va Avazbek Abdullayev qanotlarda ko‘maklashadi.
JCh U17.
Mozambik – Daniya
19-noyabr.
Bosh hakam: Askar Nafaliyev
Yordamchi hakamlar: Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Avazbek Abdullayev.