«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqalarning uch karra chempioni, dunyoning birinchi raketkasi, qozog‘istonlik tennischi Yelena Ribakina Xitoyning Ninbo shahrida bo‘lib o‘tgan WTA-500 turniridagi g‘alaba qozonib, navbatdagi kubokni qo‘lga kiritdi. Chempionlik uchun kechgan bahsda Ribakina kanadalik Leyla Fernandesni 6:2, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, Ribakina Ninboda o‘tgan yilgi chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi. Bu sovrin Yelena uchun faoliyatidagi 15-chi va mavsumdagi to‘rtinchi sovrin sifatida tarixda qoladi. Joriy yilning boshida u Shtutgartda, shuningdek, US Open va Australian Open musobaqalarida g‘olib chiqdi.
O‘tgan yili Ninboda Qozog‘iston vakilasi hal qiluvchi bahsda rossiyalik Yekaterina Aleksandrovani 3:6, 6:0, 6:2 hisobida mag‘lub etib, musobaqa chempionligini qo‘lga kiritgandi.