Superliganing qator jamoalarida o'ynagan himoyachi Xushnud Avilov 27 yoshida vafot etdi.
Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, avvalroq futbolchi avtohalokatga uchragan edi.
Qanot himoyachisi futbolchilik faoliyati davomida «Qo'qon-1912», «Paxtakor», «Navbahor», «Andijon», «Turan»da to'p tepgan.
Uning so'nggi jamoasi Birinchi liga ishtirokchisi «Do'stlik» klubi bo'lgandi. Shundan so'ng u deyarli bir yilga yaqin vaqt davomida jamoasida edi.
Tribuna.uz sayti futbolchining oila a'zolari va yaqinlariga sabr tilaydi. O'tganlarning oxirati obod bo'lsin.