Bugun
3
O'zbek

Voleybol. O'zbekiston U19 yosh toifasidagi Jahon chempionatida ishtirok etadi

Boshqa sportlar
15 iyul, 02:32
Toshkent yana bir nufuzli turnirga mezbonlik qiladi.
ФОТО: Насрулло Каримов
Nasrullo Karimov Editor
Voleybol. O'zbekiston U19 yosh toifasidagi Jahon chempionatida ishtirok etadi
FOTO: Getty Images

Mamlakatimiz yana bir bor dunyo sporti jamoatchiligining eʼtiborini oʻziga qaratmoqda. 24-iyul – 3-avgust kunlari poytaxtimiz voleybol boʻyicha yigitlar oʻrtasida U19 yosh toifasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Mamlakatimizda ushbu sport turida ilk bor tashkil etiladigan mazkur musobaqada dunyoning eng kuchli 24 jamoasi gʻoliblik uchun bellashadi.

Bellashuvlar “Yunusobod” sport majmuasi hamda Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining zallarida tashkil etiladi. “A” guruhidan oʻrin olgan Oʻzbekiston terma jamoasi pley-off bosqichi yoʻllanmasi uchun Belgiya, Argentina, Puerto-Riko, Turkiya va Pokiston jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Jamoamizning guruh bosqichidagi taqvimi quyidagicha:

1-tur: Oʻzbekiston – Turkiya (24 iyul)
2-tur: Oʻzbekiston – Pokiston (25 iyul)
3-tur: Oʻzbekiston – Puerto-Riko (26 iyul)
4-tur: Oʻzbekiston – Argentina (28 iyul)
5-tur: Oʻzbekiston – Belgiya (29 iyul)

Bugungi yangiliklar