Fargʻonaning «Neftchi» klubi 2025 yilgi Oʻzbekiston Superligasida chempionlikni qoʻlga kiritdi.
«Chinorlar» 24 yillik tanaffusdan soʻng yana mamlakat chempionatida gʻoliblikka erishdi. Klub bunday natijaga tojikistonlik murabbiy Vitaliy Levchenko qoʻl ostida erishdi.
Shu tariqa, Vitaliy Levchenko Oʻzbekiston chempioni boʻlgan 9-xorijlik mutaxassisga aylandi. Legioner murabbiylar orasida rekord Tachmurad Agamurodovga tegishli. Turkmanistonlik mutaxassis «Paxtakor» bilan 4 marotaba chempionat oltin medallariga ega chiqqan.
Quyida umumiy roʻyxat bilan tanishing.
Ubiraža Vega Da Silva (Braziliya) – «Paxtakor» — 1998
Leonid Ostroushko (Qozogʻiston) - «Doʻstlik» — 2000
Sergey Butenko (Rossiya) - «Paxtakor» — 2001
Tachmurad Agamurodov (Turkmaniston) - «Paxtakor» — 2002,2003,2004,2005
Ziko (Braziliya) - «Bunyodkor» 2008
Luis Felipe Skolari (Braziliya) - «Bunyodkor» — 2009
Shota Arveladze (Gruziya) - «Paxtakor» —2019,2020
Piter Xyuistra (Niderlandiya) - «Paxtakor» —2021
Vitaliy Levchenko (Tojikiston) - «Neftchi» 2 — 2025