Bugun
15
O'zbek

Viktor Gokeresh — yilning eng yaxshi hujumchisi

Futbol
22 sentabr, 16:10
Shvetsiyalik hujumchi Gerd Myuller nomidagi sovrinni qabul qilib oldi.
Viktor Gokeresh — yilning eng yaxshi hujumchisi
Foto: Ballon D'or

Fransiya poytaxti Parijda «Oltin toʻp-2025» marosimi boʻlib oʻtmoqda.

Asosiy sovringa qadar bir qator nominatsiyalarda eng yaxshilar aniqlanmoqda.

Marosimda «Sporting» sobiq aʼzosi, yozda «Arsenal»ga oʻtgan Viktor Gokeresh 2024/25 yilgi mavsumning eng yaxshi hujumchisi deb topildi va Gerd Myuller nomidagi sovrinni qabul qilib oldi. 27 yoshli forvard oʻtgan mavsumda Portugaliya chempionatida 33 oʻyinda 39 ta gol urgandi.

Gyokeresh Gerd Myuller sovrini bilan
Foto: Ballon D'or

Maʼlumot oʻrnida, oʻtgan mavsumda ushbu sovringa Harri Keyn («Bavariya») va Kilian Mbappe («Real») munosib koʻrilgandi.

Bugungi yangiliklar