Italiyaning "Venetsiya" klubi Yaponiya milliy jamoasi himoyachisi Takehiro Tomiyasuga uch yillik shartnoma taklif qildi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga koʻra, A Seriya vakili erkin agent maqomidagi 27 yoshli futbolchini oʻz safiga qoʻshib olish uchun muzokaralarni davom ettirmoqda.
Klub Tomiyasu bilan 3 yillik bitim borasida kelishuvga erishishga harakat qilmoqda va hozirda futbolchining yakuniy qarorini kutmoqda.
Avvalroq Tomiyasu "Venetsiya" rahbariyati vakillari bilan uchrashuv oʻtkazgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Futbolchining soʻnggi jamoasi "Ayaks" boʻldi. U Amsterdam klubi safida barcha turnirlar doirasida 9 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
"Venetsiya" Tomiyasuni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi
Futbol
19 iyul, 07:57
Klub Tomiyasu bilan 3 yillik bitim borasida kelishuvga erishishga harakat qilmoqda.
Фото: Getty Images