Bugun
45
O'zbek

Uilyams faoliyatini "Tottenhem"da davom ettirishi mumkin

Futbol
6 yanvar, 08:20
Londonliklar uni Jonsonga ehtimoliy o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Uilyams faoliyatini "Tottenhem"da davom ettirishi mumkin
Foto: All Football

"Atletik" vingeri Niko Uilyams faoliyatini "Tottenhem"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Kris Koullin xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, "taqachilar" 23 yoshli ispaniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor. London klubi vakillari Uilyamsni jamoani tark etgan Jonsonga ehtimoliy o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Shunga qaramay, Nikoni qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi. Chunki uning "Atletik" bilan tuzilgan shartnomasi 2035 yilga qadar amal qiladi va yillik maoshi taxminan 21 million yevroga teng.

Ma'lumot o‘rnida, bu mavsum Uilyams barcha musobaqalarda 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi hamda 3 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining narxini 60 million yevro deb baholamoqda.

Bugungi yangiliklar