Yaponiya va Tunis milliy jamoalari o'rtasidagi JCH-2026 guruh bosqichining ikkinchi tur uchrashuvi jahon futboli tarixiga kiradi.
21 iyun kuni Meksikaning Monterrey shahrida bo'lib o'tadigan uchrashuv jahon chempionatlari tarixidagi 1000-o'yin bo'ladi. Bu bahsda ruminiyalik Ishtvan Kovach maxsus yubiley libosda ishlaydi.
FIFA shuningdek, jahon chempionatlarining yubiley o'yinlari ro'yxatini ham e'lon qildi. Ular orasidan 1954 yilgi turnirda Avstriya va Urugvay o'rtasidagi 100-o'yin, 1994 yilgi mundialda Gretsiya va Nigeriya o'rtasidagi 500-o'yin o'rin olgan. 900-bahs esa JCH-2018 finali bo'lib, unda Fransiya Xorvatiyani 4:2 hisobida mag'lub etgan.