Bugun
6
O'zbek

Trent jahon chempionatiga bormaydimi?

Futbol
20 mart, 12:13
Tuxel nega Trentni Angliya milliy jamoasiga chaqirmaganini tushuntirib berdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Trent jahon chempionatiga bormaydimi?
Foto: Getty Images

Angliya milliy jamoasining mart oyidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga «Real»ning o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold chaqirilmadi.

Jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘z qarorini izohlab berdi.

«Nazarimda, Trent bizga nima bera olishini yaxshi bilaman. Biz bundan avval ham safimizda bo‘lgan yigitlarga ishonch bildirishga qaror qildik. Men Trentning kuchli tomonlarini bilaman, u katta futbolchi, ammo bu sportdagi yana bir qaror. Biz avval bo‘lganlar bilan qolamiz – bu Kuansa, Spens va Livramento», - dedi Tuxel matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, Tomas jarohat sabab oxirgi haftalarda maydonga umuman tushmagan Jud Bellinghemni jamoaga taklif qildi.

Angliya milliy jamoasi bo‘lajak jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Mart oyida inglizlar Urugvay va Yaponiyaga qarshi nazorat bahslarida maydonga tushadi.

Bugungi yangiliklar