Bugun
8
O'zbek

"Tottenhem" Frankni iste'foga chiqardi

Futbol
11 fevral, 05:19
Tomas 2025 yilning yozidan beri "Tottenhem"ni boshqarib kelayotgan edi.
"Tottenhem" Frankni iste'foga chiqardi
Фото: Getty Images

"Tottenhem" klubi bosh murabbiy Tomas Frankni iste'foga chiqardi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Qayd etilishicha, "taqachilar" daniyalik 52 yoshli mutaxassis o'rnini bosadigan bir nechta murabbiylar bilan muzokaraga kirishgan. Klub tez orada yangi murabbiyning nomini e'lon qiladi.

Ma'lumot uchun, Frank 2025 yilning yozidan beri "Tottenhem"ni boshqarib kelayotgan edi.

Klub APL doirasida 8 o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti. 26 o'yindan so'ng 29 ochko to'plab, 16-pog'onada bormoqda. Yevropa Chempionlar ligasida esa 17 ochko bilan 4-o'rinni egalladi va to'g'ridan to'g'ri 1/8 finalga yo'llanma olgan.

Bugungi yangiliklar