FIDE tomonidan e'lon qilingan avgust oyidagi federatsiyalar reytingida O‘zbekiston erkaklar jamoasi 8-o‘ringa ko‘tarildi, deb xabar beradi UzChess Federation.
Avvalgi reytingga nisbatan bir pog‘onaga yuqorilagan jamoaning Top-10 shaxmatchilari o‘rtacha reytingi 2626 ni tashkil etdi.
Kuchli uchlikdan AQSh, Hindiston va Xitoy o‘rin olgan. Top-10 quyida keltirilgan:
