Live
11
O'zbek

Rustam Turdimurodov — Superligada avgust oyining eng yaxshi futbolchisi

Futbol
9 sentabr, 10:48
U o'tgan oyda 4ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Rustam Turdimurodov — Superligada avgust oyining eng yaxshi futbolchisi
Фото: Сурхон ПФК

Superligada avgust oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.

PFL matbuot xizmati xabar berishicha, «Surxon» hujumchisi Rustam Turdimurodov avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

21 yoshli futbolchi o'tgan oyda termizliklar safida 5 o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan. Xususan, «Bunyodkor»ga qarshi bahsda dublga erishgandi.

Turdimurodov yozgi transfer vaqtida «Andijon»dan «Surxon» safiga kelib qo'shilgandi.

Shuningdek, u O'zbekiston yoshlar jamoasi safida Falastinga qarshi bahsda g'alaba goliga mualliflik qildi.

U 5ta o'yinda 4ta gol urdi.
Bugungi yangiliklar