Live
11
O'zbek

Osiyo kubogi saralashi. Oʻzbekiston yoshlar jamoasi Falastinni magʻlub etib, final bosqichiga yoʻl oldi

Futbol
9 sentabr, 07:52
Turdimurodov yana gol urdi.
Osiyo kubogi saralashi. Oʻzbekiston yoshlar jamoasi Falastinni magʻlub etib, final bosqichiga yoʻl oldi
Фото: ЎФА

U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi «E» guruhi 2-turidan oʻrin olgan bahsda Oʻzbekiston yoshlar jamoasi Falastinga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 25-daqiqasida Behruz Asqarov hisobni ochdi. 70-daqiqada Muhammad Sanduqa muvozanatni tikladi. 85-daqiqada esa Rustam Turdimurodov gʻalaba goliga mualliflik qildi, - 2:1.

Guruh gʻolibi Qirgʻiz Respublikasi - Shri-Lanka uchrashuvidan soʻng ma'lum boʻladi. Mabodo qoʻshnilar juda yirik gʻalabaga erishgan taqdirda Ravshan Haydarov jamoasi eng yaxshi 2-oʻrinlar qatorida chiqadi.

U-23 Osiyo Kubogi saralash bosqichi
Oʻzbekiston – Falastin 2:1
Gollar: Behruz Asqarov 25, Rustam Turdimurodov 85 – Muhammad Sanduqa 70
Oʻzbekiston: 21.Edem Nemanov, 3.Zafarmurod Abdiraxmatov (2.Izzatullo Poʻlatov, 89), 6.Jahongir Oʻrozov, 8.Behruz Asqarov, 10.Umarali Rahmonaliev (14.Oybek Oʻrmonjonov, 77), 13.Asilbek Jumaev (16.Samandar Mavlonqulov, 68), 15.Diyor Ortiqboev, 17.Nodir Abdurazzoqov, 20.Mahmudjon Mahamadjonov (18.Saidafzalxon Ahraorov, 77), 22.Otabek Ahadov, 23.Rustam Turdimurodov.

Bugungi yangiliklar