Bugun
8
O'zbek

Ronaldu maoshlar bo‘yicha qarzdorlik sabab «Al Ittihod» bilan o‘ynamadi — A Bola

Futbol
6 fevral, 18:00
«An Nasr»da maoshlar kechikayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Ronaldu maoshlar bo‘yicha qarzdorlik sabab «Al Ittihod» bilan o‘ynamadi — A Bola
Foto: Al Nassr

«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Proligasining 21-turidan o‘rin olgan «Al Ittihod» bilan o‘yinda (2:0) maydonga tushishi mumkin edi, agar klub uning maoshlar bo‘yicha qarzini to‘lab berganida.

Ammo hech narsa o‘zgarmagani uchun futbolchi norozilik bildirishda davom etmoqda va shu sabab o‘yinda ishtirok etmadi. Bu haqda A Bola xabar bermoqda.

Portugaliyalik 41 yoshli forvardning noroziligi qishki transfer oynasida yangi futbolchilar olinmagani va bosh direktor Joze Semedu hamda sport direktori Simau Koutinyoning vakolatlari to‘xtatilgani bilan ham bog‘liq.

Ommaviy axborot vositalarida esa Saudiya klubida maosh to‘lovlari kechikayotgani haqida ma’lumotlar ham paydo bo‘ldi.

Bugungi yangiliklar