Bugun
8
O'zbek

Ronaldu "An Nasr"dagi vaziyatdan norozi

Futbol
1 fevral, 23:00
Portugaliyalik futbolchi klubning navbatdagi uchrashuvini o'tkazib yubormoqchi.
Ronaldu "An Nasr"dagi vaziyatdan norozi
Foto: Championat.com

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu "An Nasr"dagi vaziyatdan norozi va o'yinlarda ishtirok etishdan bosh tortmoqda. Bu haqda A Bola nashri xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Ronaldu "An Nasr"ning "Ar Riyod"ga qarshi navbatdagi uchrashuvini o'tkazib yubormoqchi. Krishtianu Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamg'armasi (PIF) klubni qanday boshqarayotganidan qoniqmayapti.

Shuningdek, portugaliyalik futbolchi "An Nasr"ga yetarli darajada sarmoya kiritilmayotganidan ham shikoyat qilmoqda. Ronalduning fikricha, klub rahbariyati transfer bozorida ancha faol bo'layotgan "Al Hilol" bilan taqqoslaganda "An Nasr" manfaatlariga zarar yetkazmoqda.

Ma'lumot o'rnida, Ronaldu 2023 yildan buyon riyodliklar safida to'p tepmoqda. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.

Avvalroq Benzema o'z talablari bajarilmaguncha "Al Ittihod" safida maydonga chiqish niyatida emasligi ma'lum qilingan edi.

Bugungi yangiliklar