Live
1
O'zbek

Benzema "Al Ittihod"dan Ronalduniki kabi maosh talab qilmoqda

Futbol
29 yanvar, 05:00
Karim oʻz talablarini bajarmaguncha maydonga chiqish niyatida emas.
Benzema "Al Ittihod"dan Ronalduniki kabi maosh talab qilmoqda
Foto: Getty Images

"Al Ittihod" hujumchisi Karim Benzema bugun "Al Fotih"ga qarshi oʻyinda maydonga tushishdan bosh tortdi. Bu haqda jurnalist Ariel Pillo xabar berdi.

Bunga sabab saudiyaliklar futbolchining yangi shartnoma boʻyicha qoʻygan talablarini qondirmaganidir. Jamoa ichida Benzemaning talablarini haddan tashqari yuqori deb baholanmoqda. Uning xatti-harakati esa noprofessionallik deya qabul qilingan.

Maʼlum qilinishicha, Benzema "Al Ittihod"dan Krishtianu Ronalduniki kabi maosh talab qilmoqda. Biroq klub bunday miqdordagi maoshni toʻlash imkoniga ega emas va shu sababli futbolchi bilan yangi bitim imzolashdan bosh tortmoqda.

Hujumchi esa oʻz talablarini bajarmaguncha maydonga chiqish niyatida emas. Avvalroq Benzema "Al Ittihod"ni tark etishi ma'lum qilingandi.

Bugungi yangiliklar