Bugun
59
O'zbek

Benzema "Al Ittihod"ni tark etadi – manba

Futbol
10 dekabr, 12:11
Karim Saudiya klubi bilan xayrlashadigan bo‘lsa, "Lion"ga qaytishi mumkin.
Benzema "Al Ittihod"ni tark etadi – manba
Фото: Getty Images

"Al Ittihod" klubi hujumchi Karim Benzema bilan shartnomani uzaytirmaydi. Bu haqda Footmercato nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, fransiyalik 37 yoshli futbolchi Jidda klubi bilan yangi shartnoma imzolamagan. Klub tomonidan ham bu borada taklif berilmagan.

Benzema Saudiya klubi bilan xayrlashadigan bo‘lsa, "Lion"ga qaytishi mumkin. Klub ishqibozlari uning qaytishini xohlamoqda. Biroq uning yuqori moliyaviy talabi muammo bo‘lish ehtimoli bor.

Bu mavsumda Karim "Al Ittihod" tarkibida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bugungi yangiliklar