"Tottenhem" himoyachisi Kristian Romero Premer-liga doirasidagi "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
To'g'ridan-to'g'ri qizil Angliyada futbolchi 3 ta o'yinga diskvalifikatsiya qilinadi deganini bildiradi. Shunga qaramay, Romero uchun jazo jiddiyroq bo'ladi.
Give Me Sport xabar berishicha, Romero bu mavsum ikkinchi bor qizil kartochkaga loyiq ko'rildi, shu sabab ichki arenada to'rtta bahsni o'tkazib yuboradi.
Natijada, Kristian Romero "Nyukasl", "Arsenal", "Fulhem" va "Kristal Pelas"ga qarshi bellashuvlarni o'tkazib yuboradi. Argentinlik mart oyi o'rtalarida "Liverpul"ga qarshi o'yinga qaytishi taxmin qilinmoqda.