Braziliyalik futbol afsonasi Roberto Carlos Ispaniyada faoliyat yurituvchi, kelib chiqishi marokashlik bo'lgan futbol agenti Suhaila At Tohiriyga uylangan.
Juftlikning to'ydagi suratlari 17 avgust kuni keng tarqala boshladi. Shu bois ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari «Real» sobiq yulduzi yaqinda uylangan degan fikrga borishdi. Biroq ularning nikohi yaqinda bo'lmagan.
Sky News Arabia ma'lumotlariga ko'ra, Roberto Carlos va At Tohiriyning nikoh marosimi haqida yanvar oyida xabar berilgan. Hozir yana tarqalayotgan suratlar esa iyul oyida o'tkazilgan yopiq marosim vaqtida olingan.
Avvalroq Ronaldu va Jorjinaning to'yida uning oilasi qatnashmagani ma'lum qilingandi.