Live
7
O'zbek

Rasman: Marmush – «Tottenhem» futbolchisi

Futbol
27 avgust, 10:18
Futbolchining transferi qiymai 58 million yevroni tashkil etadi.
Rasman: Marmush – «Tottenhem» futbolchisi
Фото: Getty Images

«Tottenhem» klubi hujumchi Omar Marmushni mavsum yakuniga qadar ijaraga olganini e’lon qildi.

Kelishuvda futbolchining transferini keyinchalik to‘liq sotib olish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan. Futbolchining transferi qiymai 58 million yevroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Marmush 2025 yilning yanvarida «Ayntraxt»dan «Manchester Siti» safiga kelib qo‘shilgandi. Bu vaqt davomida «shaharliklar» safida barcha turnirlar doirasida 62 ta uchrashuv o‘tkazib, 16 ta gol urgan. Uning Misr terma jamoasi tarkibida 55 ta o‘yini va 11 ta goli bor. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 50 million yevro deb baholamoqda.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar