Londonning «Tottenhem» klubida bosh murabbiy masalasi juda nozik bo‘lib turibdi. Vaqtinchalik bosh murabbiy Igor Tudor APL 31-turida «Nottinghem Forrest»ga imkoniyat boy berilgach (0:3), otasining dafn marosimi tufayli Splitga yo‘l oldi.
Klubdagilar barchasi ikki tomonning o‘zaro kelishuviga ko‘ra, bitimni bekor qilish variantiga qarab ketayotganini taxmin qilishmoqda. Shunday holatda 47 yoshli xorvat oilaviy masalalar bilan shug‘ullanishi, «Tottenhem» — esa «jon saqlash» uchun kurashiga e’tibor qaratishi mumkin bo‘ladi.
«Tottenhem» va AQSH milliy jamoasi sobiq kiperi Keysi Keller londonliklar Maurisio Pochettinoni JCH-2026 arafasida AQSH milliy jamoasini tark etishga ko‘ndirishi mumkinligiga ishonyapti.
«U jahon chempionatidan keyin jamoani tark etishiga ishonchim komil. «Tottenhem»ga keladigan bo‘lsak, nazarimda, muammo Pochettinoni hozirning o‘zida AQSHni tark etib, Londonga qaytishga ko‘ndirishda. Men bu amalga oshsa ham ajablanmayman», — deya Keller so‘zlaridan iqtibos keltirdi Football London.