Live
18
O'zbek

Oʻzbekiston U-17 jamoasining Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibi eʼlon qilindi

Futbol
31 oktabr, 08:44
Oʻzbekiston U-17 jamoasining Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibi eʼlon qilindi
UFA

Joriy yil 3-27 noyabr kunlari Qatarda futbol boʻyicha U-17 Jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Musobaqaga Osiyo qitʼasining amaldagi gʻolibi sifatida boradigan Oʻzbekiston U-17 jamoasi turnir uchun yakuniy tarkibni eʼlon qildi:

Darvozabonlar: Ibrohim Shokirov, Abdulmalik Anvarov, Ne'matulloh Rustamjonov

Himoyachilar: Muhammad Hakimov, Amirxon Muradov, Muhammadali Musahanov, Behruz Saidmurodov, Muminjon Bahodirxonov, Azizbek Abdumuminov

Yarim himoyachilar: Qahramon Turgʻunov, Azizbek Erimbetov, Abdusamad Saidov, Muhammad Habibullayev

Hujumchilar: Sadriddin Hasanov, Nurbek Sarsenbayev, Sayfiddin Sodiqov, Jamshidbek Rustamov, Asilbek Aliyev

Murabbiy: Islombek Ismoilov

Ma'lumot uchun, Islombek Ismoilov boshchiligidagi Oʻzbekiston U-17 jamoasi Paragvay, va Panama va Irlandiya oʻsmirlari bilan birga "J" guruhidan oʻrin olgan. Osiyo chempionlarining dastlabki oʻyini 5 noyabr kuni Panama U-17 jamoasiga qarshi kechadi.

Bugungi yangiliklar