Bugun
30
O'zbek

Ouen: «Harri 2 yil avval «Yunayted»ga qo'shilishi kerak edi»

Futbol
4 sentabr, 01:25
«Qizil iblislar» sobiq futbolchisi Keyn haqida fikr bildirdi.
Ouen: «Harri 2 yil avval «Yunayted»ga qo'shilishi kerak edi»
Photo: gettyimages

«Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi Maykl Ouen Harri Keynning «qizil iblislar» safiga qo'shilishi mumkin bo'lganligi haqida fikr bildirdi.

«Keyn — shunchaki gol mashinasi. U — so'nggi nuqtani qo'yuvchi ajoyib futbolchi. Keynning Germaniyaga ketish fikriga qo'shilmagan edim. Harri 1-2 yil avval «Yunayted»ga qo'shilishi kerak edi. Bu transfer amalga oshishi mumkin edi. Menimcha «Yunayted» uni qo'lga kirita olar edi.

Masalan, sovrin yutish uchun «Seltik»ka borasiz va bu ishni har yili uddalaysiz. Lekin bu katta natija emas», — dedi mutaxassis.

Bugungi yangiliklar