Live
13
O'zbek

Olise «Bavariya»da qolmoqchi

Futbol
10 oktabr, 07:15
Fransiyalik futbolchi Myunxen klubidagi faoliyatini davom ettirishga va yangi shartnoma imzolashga tayyor.
Olise «Bavariya»da qolmoqchi
Foto: Getty Images

«Bavariya» hujumkor yarimhimoyachisi Maykl Olise Myunxen klubini tark etishni rejalashtirmayapti. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilgan.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 24 yoshli fransiyalik futbolchi Germaniyadagi faoliyatidan mamnun va klub bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashga qarshi emas. Yangi kelishuv imzolangan taqdirda, Olise «Bavariya»ning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylanishi mumkin.

Shuningdek, xabarda qayd etilishicha, agar futbolchi Myunxen klubidan ketishga qaror qilsa, u faqat «Real» va «Barselona» variantlarini ko‘rib chiqadi.

Olisening «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchining transfer qiymati 180 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar