Live
2
O'zbek

Oksleyd-Chemberlen – "Seltik" futbolchisi

Futbol
7 fevral, 13:31
Kelishuv mavsum yakuniga qadar amal qiladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Oksleyd-Chemberlen – "Seltik" futbolchisi
Фото: Getty Images

"Seltik" klubi yarimhimoyachi Aleks Oksleyd-Chemberlen bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Angliyalik 32 yoshli xavbek Glazgo klubiga erkin agent maqomida kelib qo'shildi. Kelishuv mavsum yakuniga qadar amal qiladi. Shuningdek, yana bir yilga bitimni uzaytirish imkoniyati bor.

Oksleyd-Chemberlen faoliyati davomida "Arsenal", "Liverpul" va "Beshiktosh" jamoalarida o'ynagan.

Merseysaydlilar bilan CHL, klublar o'rtasida jahon chempionati, Angliya Liga kubogi va UEFA Superkubogida zafar quchgan.

Bugungi yangiliklar