Osiyo Chempionlar ligasi 2 turnirining yarimfinal o‘yinlari yakuniga yetdi.
Ikkinchi yarimfinal o‘yinida "An Nasr" klubi "Al Ahli" bilan bellashib, 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Qatarliklar o‘yinda dastlab gol urdi. Keyinchalik Kingsli Koman xet-trikka erishdi.
Shu tariqa, saudiyaliklar turnirning finaliga chiqdi. Ular hal qiluvchi bellashuvda 17 may kuni Yaponiyaning "Gamba Osaka" klubiga qarshi o‘ynaydi.
OCHL 2. Yarimfinal
An Nasr – Al Ahli 5:1
Gollar: Koman 12, 45+7, 64, Anjelo 23, Al Hamdam 80 – Yansen 11
An Nasr – Bento, Bushal (Al Ghannam, 60), Simakan, Amri, Inigo Martines, Brozovich, Anjelo, Koman (Yahyo, 67), Mane, Feliks (Nosiri, 77), Ronaldu (Al Hamdam, 78).
Al Ahli – Badredin, Tihi (Reyed, 77), Ekong, Amraul, Vlap (Mansur, 85), Diallo, Fettouhi, Yansen, Dumbliya, Draksler (Gannan, 85), Ehposito.
Foydalanilmagan penalti: Draksler 7.