Bugun
1
O'zbek

"Nottinghem Forest" va "Deportivo" Talyafikoga qiziqish bildirmoqda

Futbol
19 iyul, 08:12
Uning Fransiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.
"Nottinghem Forest" va "Deportivo" Talyafikoga qiziqish bildirmoqda
Фото: Getty Images

"Lion" himoyachisi Nikolas Talyafiko ikki klub — "Nottinghem Forest" va "Deportivo" jamoalari qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Manbalarga ko'ra, har ikki klub argentinlik 33 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Ta'kidlash joizki, Talyafiko 2012/2013 yilgi mavsumda "Real Mursiya" sharafini himoya qilgan. La Ligada o'ynash borasida tajribaga ega.

O'tgan mavsumda Nikolas "sherlar" safida barcha turnirlarda 30 ta o'yin o'tkazib, 3 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Uning Fransiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.

"Deportivo" o'tgan mavsum Segundada ikkinchi o'rinni egallab, La Liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi. "O'rmonchilar" esa 2025/26 yilgi mavsumni Angliya Premer-ligasida 15-o'rinda yakunladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nottingem F Nottingem F
  • FC Lyon FC Lyon
Bugungi yangiliklar