Nodirbek Abdusattorov Germaniyaning Weissenhaus shahrida 13–15 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan FIDE Freestyle Chess World Championship musobaqasining so‘nggi ishtirokchisiga aylandi, deb xabar beradi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati.
O‘zbekistonlik grossmeyster chess.com platformasida o‘tkazilgan rasmiy Play-In saralash turnirida g‘olib chiqdi. U finalda Pranav Venkateshni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Jahon chempionatida ishtirok etadigan shaxmatchilar:
Magnus Karlsen (Norvegiya)
Levon Aronyan (Armaniston)
Fabiano Karuana (AQSH)
Vinsent Keymer (Germaniya)
Arjun Erigaysi (Hindiston)
Javohir Sindarov (O‘zbekiston)
Hans Niemann (AQSH)
Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston)
Musobaqa FIDE va Freestyle Chess hamkorligida o‘tkazilayotgan ilk rasmiy Freestyle shaxmat bo‘yicha Jahon chempionati hisoblanadi.