Italiya A Seriyasiga chiqish uchun pley-off finali javob bellashuvida "Katanzaro" klubi mehmonlda "Monsa"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Jamoalarning ilk bahsda "Monsa" 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Musobaqa nizomiga ko‘ra, agar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisob teng bo‘lsa, turnir jadvalida yuqoriroq o‘rinni egallagan jamoa elita divizionga yo‘l oladi.
Shu tariqa, mavsum yakunida B Seriya jadvalida uchinchi o‘rinni olgan "Monsa" yana kuchlilar orasiga qaytdi. Beshinchi o‘rinni egallagan "Katanzaro" esa kelasi mavsumni ham ikkinchi divizionda o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval elita divizionga "Venetsiya" va "Frozinone" yo‘l olgan edi.
B Seriya. Pley-off. Final. Javob o‘yini:
Monsa — Katanzaro — 0:2 (0:1)
Gollar: Jak 39; Frozini, 78
Birinchi o‘yin — 2:0