Proligada mavsumning ikkinchi qismiga qizgʻin tayyorgarlik koʻrayotgan Bekobodning "Metallurg" klubi tarkibni shakllantirish ishlarini ham unutgani yoʻq.
Klub oʻz safiga Marko Milichkovich, Azizbek Abdumuminov, Jasur Azimov, Asadbek Karimov, Samandar Ochilov va Davron Sulaymonovni qoʻshib olganini eʼlon qildi.
"Jamoamizning yangi aʼzolariga omad yor boʻlishini tilaymiz. Ular oʻzlarining ishonchli oʻyini, samarali harakatlari bilan jamoa muvaffaqiyatiga oʻz hissalarini qoʻshishlariga tilakdoshmiz", — deyiladi klub xabarida.