«Real» va Braziliya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Marselo Fransiyaning «Nant» klubi rahbariyatida ish boshlashi mumkin. Bu haqda L’Équipe xabar berdi.
Ayni paytda og‘ir davrni boshdan kechirayotgan «Nant»ni 62 yoshli biznesmen Paulo Tavaresh sotib olishga yaqin turibdi. Phoenix Sport Invest rahbari klubni rivojlantirish bo‘yicha o‘zining katta rejasini taqdim etgan va tegishli hujjatlarni ham tayyorlagan.
Tavareshning yaqin hamkorlari orasida Marselo ham bor. Rejaga ko‘ra, braziliyalik sobiq himoyachi «Nant»ning elchisiga aylanishi va klub rahbariyatida muayyan vazifani bajarishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, «Nant» hozirda Fransiya futbolining ikkinchi divizionida ishtirok etmoqda. Yangi investorlar klubni qaytadan yuqori darajaga olib chiqishni maqsad qilgan.
Marselo esa uzoq yillar davomida «Real» sharafini himoya qilib, Madrid klubi bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi