Live
1
O'zbek

Mareskani Gvardiola "Man Siti" rahbariyatiga tavsiya etgan

Futbol
22 fevral, 23:30
Ispaniyalik mutaxassis Ensoni munosib voris deb hisoblaydi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Mareskani Gvardiola "Man Siti" rahbariyatiga tavsiya etgan
Foto: Getty Images

"Chelsi" sobiq bosh murabbiyi Enso Mareska mavsum yakunida Xosep Gvardiola ketganidan so'ng "Manchester Siti"ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda Topskills Sports UK xabar berdi.

Klub italiyalik mutaxassis uchun besh yillik shartnoma tayyorlab qo'ygan va u ispan murabbiyining davri yakunlangach imzolanishi rejalashtirilgan. Xabar qilinishicha, aynan Gvardiola Mareskani klub rahbariyatiga tavsiya etgan va uni munosib voris deb hisoblaydi.

Avvalroq jurnalist Fabritsio Romano Mareska "Manchester Siti" bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod bo'lib qolayotganini ma'lum qilgandi.

Bugungi yangiliklar