Live
4
O'zbek

Manchini A Seriyada chempionlik uchun asosiy favoritni aytdi

Futbol
28 noyabr, 10:03
«Roma» so‘nggi bor 2001-yilda Italiya chempioni bo‘lgan.
Manchini A Seriyada chempionlik uchun asosiy favoritni aytdi
Фото: Getty Images

Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini bu mavsumda A Seriya chempionligi qaysi klubga nasib etishi mumkinligi haqida o‘z taxminini bildirdi.

«Skudettoni kim qo‘lga kiritadi? Menimcha, «Roma». Shu bilan birga, «Inter»ni eng kuchli jamoa deb hisoblayman. Mavsum boshida «Napoli»ga juda katta ishonch bildirgan edim, biroq jamoada jarohatlar juda ko‘payib ketdi. «Latsio»ga kelsak, bir narsani aytishim mumkin: bu jamoa inqirozga uchraydi degan fikrga bormaslik kerak», — dedi Manchini Corriere dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Ayni paytda A Seriya turnir jadvalida «Latsio» peshqadamlik qilmoqda. «Roma» va «Inter» undan keyingi o‘rinlarni egallagan.

Eslatib o‘tamiz, «Roma» so‘nggi bor 2001-yilda Italiya chempioni bo‘lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar