Parijdagi «Shatle» teatrida «Oltin to'p-2025» marosimi bo'lib o'tmoqda.
Bosh sovringa qadar bir qator nominatsiyalarda eng yaxshilar aniqlanmoqda.
Marosimda yilning eng yaxshi murabbiyi deb kutilganidek «PSJ» ustozi Luis Enrike e'tirof etildi. Ispaniyalik mutaxassis o'tgan mavsumda parijliklar bilan Chempionlar Ligasi, Liga 1, Fransiya kubogi va superkubogida zafar quchdi. Shuningdek, u klublar o'rtasidagi jahon chempionatida finalgacha yetib bordi.
Ayollar o'rtasida esa Angliya milliy jamoasini Yevropa chempioniga aylantirgan Sarina Viegman eng yaxshi murabbiy deb topildi.
