12-noyabr kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida ayollar futboli bo‘yicha Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlarining Osiyo mintaqasi uchun saralash bosqichiga qur’a tashlandi.
Qur’aga ko‘ra, O‘zbekiston A guruhidan joy oldi.
Los-Anjeles-2028 Olimpiadasi saralash bosqichi, Osiyo mintaqasi
A guruhi
O‘zbekiston
Yaponiya
Avstraliya
Xitoy Taypeyi
Dasturga ko‘ra, saralash bosqichi 2027-yilning 19-aprel — 4-dekabr kunlari oralig‘ida uy-safar tizimida tashkil etiladi. Guruh g‘olibiga aylangan jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga ega chiqadi. Ikkinchi o‘rin egalari esa o‘tish bosqichida ishtirokini davom ettiradi.
Los-Anjeles olimpiadasi. Ayollar futboli bo‘yicha saralash bahslariga qur’a tashlandi
Futbol
13 noyabr, 00:45
O‘zbekiston kuchli raqiblar bilan bir guruhdan joy oldi.
Foto: UFA