"Barselona" vingeri Runi Bardakchi faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
TEAMtalk nashri xabar berishicha, "Lids" klubi shvetsiyalik 20 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
"Barselona" ham ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan futbolchini bir mavsumga ijaraga berishga tayyor.
Futbolchining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U klub safida 28 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.
"Lids" Angliya chempionatining o'tgan mavsumini 14-o'rinda yakunlagan edi.