Ispaniya milliy jamoasi va «Atletik» himoyachisi Emerik Laport Lamin Yamalning mavsumning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan «Oltin to‘p» mukofotini qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
«Yamal — o‘yin taqdirini o‘zgartirishga qodir. Lamin bir vaqtning o‘zida bir nechta futbolchini o‘ziga jalb qiladi va uni to‘xtatish juda qiyin. Bundan tashqari, u texnik jihatdan juda yuqori darajada va katta muvaffaqiyatlarga erishadi. Shunga qaramay, Keynning statistikasi ham yaxshi. Rodri ham Lamin kabi asosiy favoritlar qatorida bo‘lishi mumkin», — deya Laportning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Mundo Deportivo.
O‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra, Yamal Ispaniya chempionligi va jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Vinger klub safida o‘tkazgan 45 ta uchrashuvda 24 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.