Bugun
14
O'zbek

KONKAKAF oltin kubogi. AQSH penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi, Kanada turnirni tark etdi

Futbol
29 iyun, 23:38
Yarimfinal juftliklari ma’lum bo‘ldi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
KONKAKAF oltin kubogi. AQSH penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi, Kanada turnirni tark etdi
Foto: US Soccer MNT

KONKAKAF oltin kubogida chorak final bosqichi yakunlandi.

Markaziy bahsda mezbon AQSH Kosta-Rika bilan jangovar durang qayd etdi va penaltilar seriyasida g‘alabani ilib ketdi.

Kanada esa aynan “lotereya”da Gvatemalaga yutqazib qo‘yib, musobaqa bilan xayrlashdi.

Avvalgi chorak finallarda Meksika va Honduras raqiblaridan ustun kelishgandi.

Shu tariqa yarimfinal juftliklari aniq bo‘ldi:
AQSH — Gvatemala
Meksika — Honduras

Bellashuvlar 3 iyul kuni o‘tkaziladi.

KONKAKAF oltin kubogi
1/4 final. 29 iyun
AQSH — Kosta-Rika 2:2
Penaltilar seriyasi — 4:3.
Gollar: Luna (43), Arfsten (47) — Calvo (12, penalti), Martinez (71).
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Tillman (37, AQSH).

Kanada — Gvatemala 1:1
Penaltilar seriyasi — 5:6.
Gollar: David (30, penalti) — Rubin (69).
Chetdan chiqarish: Shaffelburg (45+4, Kanada).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • AQSH AQSH
  • Kosta-Rika Kosta-Rika
  • KONKAKAF Oltin Kubogi KONKAKAF Oltin Kubogi
Bugungi yangiliklar