"Kattaqo'rg'on" murabbiylar shtabida bir qator o'zgarishlar yuzaga keldi.
Klub matbuot xizmati xabar berishicha, bosh murabbiy Yorqin Nazarov bilan amalda bo'lgan mehnat shartnomasi ikkala tomonning kelishuvi asosida bekor qilingan.
Ma'lumot uchun, mazkur mutaxassis "Kattaqo'rg'on"ni qishda qabul qilib olib, yangi mavsumga tayyorlagan edi. Jamoa uning qo'l ostida to'qqizta rasmiy uchrashuvda maydonga chiqib, ulardan beshtasida g'alaba qozondi. Shuningdek, ikkitadan o'yinda mag'lubiyat va durang qayd etildi.
"Kattaqo'rg'on" rahbariyati Yorqin O'tkirovichga jamoamiz rivoji yo'lida qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirib, tajribali murabbiyning keyingi faoliyatiga omad tilaydi", — deyiladi klub xabarida.