Kongo Demokratik Respublikasi milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Gael Kakuta futbolchilarning ruhiy salomatligi haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
«Meningcha, futbolchilarning 90 foizi, hatto 99,9 foizi ham baxtsiz.
Ularning zimmasida juda ogʻir yuk va ulkan masʼuliyat bor. Hech kim ularning aslida nimalarni his qilayotganiga qiziqmaydi.
Sen doim natija koʻrsatish talab qilinadigan muhitda yashaysan. Biroq maʼlum vaqtdan keyin yoningdagi odamlar kimligini ham tushunmay qolasan. Nima uchun ular sen bilan ekanini bilmaysan. Ular bilan munosabatlaring chindan ham samimiymi-yoʻqmi, bunga ham ishonching qolmaydi. Futbolchilarning katta qismi niqobda yashaydi. Ular bu niqobni uyida, oilasi bilan va doʻstlari orasida ham echmaydi.
Oʻzingni baxtli qilib koʻrsatishing mumkin. Ammo kechasi xotirjam uxlay olasanmi? Ayrimlar hatto turli dori vositalarini qabul qilishga majbur boʻladi.
Koʻpchilik yolgʻizlikdan qochadi. Chunki yolgʻizlik bilan yuzma-yuz kelish — oʻzing bilan yuzma-yuz kelish demakdir», — dedi Kakuta Capte nashriga bergan intervyusida.
35 yoshli futbolchi faoliyati davomida «Chelsi», «Rayo Valekano» va «Lans» klublari safida ham toʻp tepgan.
Kakuta: «Futbolchilarning 99,9 foizi baxtsiz. Ular niqobda yashaydi»
Futbol
6 avgust, 06:57
«Chelsi»ning kongolik sobiq yarimhimoyachisi futbolchilarning ruhiy holati haqida gapirdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi