Bugun
17
O'zbek

Jerrard Slot haqida: «Uning iste'foga chiqishini istamayman»

Futbol
22 dekabr, 07:35
Niderlandiyalik mutaxassis 2024 yilning yozidan beri jamoani boshqarib kelyapti.
Jerrard Slot haqida: «Uning iste'foga chiqishini istamayman»
Фото: Getty Images

«Liverpul»ning sobiq sardori va yarimhimoyachisi Stiven Jerrard mersisaydliklar bosh murabbiyi Arne Slotning klubdagi kelajagi haqida fikr bildirdi.

«Slotning iste'foga chiqishini istamayman. Umid qilamanki, u vaziyatni to'g'rilaydi, hammasi yaxshi tomonga o'zgaradi. «Liverpul» yana o'zini tiklab, g'alabali yo'lga qaytadi.

To'rt-besh oy avval, «Liverpul» Angliya chempioni bo'lganida, quvonchimdan butun shahar bo'ylab yugurib yurgandim», — deydi Jerrard.

Eslatib o'tamiz, niderlandiyalik mutaxassis 2024 yilning yozidan beri jamoani boshqarib kelyapti. O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, jamoa bilan APLda chempion bo'lgan edi.

Bugungi yangiliklar