Live
1
O'zbek

Iguain ayol hakamga qarshi nomaqbul harakati sabab ishsiz qoldi

Futbol
23 sentabr, 17:25
    15
«Kolambus Kryu-2» klubi argentinalik sobiq hujumchining murabbiy akasini lavozimidan bo‘shatdi.
Iguain ayol hakamga qarshi nomaqbul harakati sabab ishsiz qoldi
Foto: Getty Images

«Kolambus Kryu-2» jamoasi bosh murabbiyi Federiko Iguain nomaqbul xatti-harakatlari sababli ishdan bo‘shatildi.

24 avgust kuni «Hantsvill Siti»ga (0:1) qarshi bahsda Iguain ayol hakamning qo‘lidan ushlab olgan. Professional futbol hakamlari assotsiatsiyasi (PSRA) ta’kidlashicha, murabbiy unga: «Unutma, bu — erkaklar o‘yini», degan.

Shundan so‘ng murabbiy ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. PSRA esa ushbu jazoni tanqid qildi.

«Klubimiz, futbolchilarimiz va xodimlarimiz manfaatlaridan kelib chiqib, Federiko Iguainni lavozimidan ozod qilishga qaror qildik.

Shu hafta o‘tkazilgan suhbatlar va o‘tgan oy davomida yuz bergan voqealarni baholash natijasida jamoalarimizdan birining rahbariga qo‘yilgan talablar bajarilmagan, degan xulosaga keldik»,
— dedi «Kolambus Kryu» bosh menejeri Issa Tall.

Ta’kidlash kerakki, Federiko «Real» va Argentina milliy jamoasining sobiq hujumchisi Gonsalo Iguainning akasi hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Columbus Crew Columbus Crew
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar