Bugun
6
O'zbek

Hollouey: “Menimcha, Konor jangga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda”

MMA
11 iyun, 04:00
BMF kamari sobiq egasi Makgregorga qarshi bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Hollouey: “Menimcha, Konor jangga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda”
Foto: Getty Images

BMF kamari sobiq egasi Maks HolloueyKonor Makgregorga qarshi bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.

“Ko'pchilik Makgregor oktagonga chiqmasligini aytmoqda. Uning umuman mashq ham qilmayotgani aytilmoqda. Lekin u joylayotgan postlariga qarasak, Konor reja bilan ish qilayotgani ko'rinadi va menimcha, u jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda.

Nazarimda, u sportni sog'inib qolgan va oktagonga qaytishni juda istamoqda. Shuning uchun bu imkoniyatdan xursandman va 11 iyulni intiqlik bilan kutyapman.

O'ylaymanki, Konor ma'lum bir paytgacha hurmat bilan harakat qiladi, ammo bu yigitda notiqlik iqtidor bor. Agar u gap boshlasa, bu jangda siz mening Vayanaelik haqiqiy qiyofamni ko'rishingiz mumkin.

Chunki ko'pchilik bilmaydi, men ham gapirishni yaxshi ko'raman, faqat bundan kam foydalanaman. Agar u shu yo'lni tanlasa, men ham mamnuniyat bilan javob qaytaraman.

Muxlislar bu jangdan zavq olishadi. Ikkimiz ham ajoyib formadagi vazn toifasida bo'ladigan jang. Jangni cho'zmoqchi emasman, shov-shuvli yakunga intilyapman. Katta auditoriya bo'ladi, men esa shovqin solmoqchiman”, — dedi Maks.

Eslatib o'tamiz, Makgregor va Hollouey 11 iyul kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 329 turniri doirasida jang qiladi.

Bugungi yangiliklar