«Hall Siti» bosh murabbiyi Sergey Yakirovich shogirdlarining 2025/2026-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Angliya Premer-ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritganiga hazil bilan munosabat bildirdi. Jamoa Chempionshipda oltinchi o‘rinni egallab, pley-offda «Milluoll» (0:0, 2:0) va «Midlsbro»ni (1:0) mag‘lub etib, APLga yo‘l oldi.
«Sizlarga bir narsani aytishim kerak. Mavsum boshida oldimda faqat bitta vazifa bor edi — Chempionshipdagi o‘rnimizni saqlab qolish. Men omadsizlikka uchradim. Biz APLga chiqdik!» — dedi Yakirovich jamoaning APL yo‘llanmasini qo‘lga kiritganini nishonlash vaqtida.
«Hall Siti»dan tashqari, APLga «Koventri» va «Ipsvich» ham chiqdi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, «Hall» yakunlangan Chempionship mavsumida tarkibi qiymati jihatidan 12-o‘rindagi jamoa sifatida baholangandi.