Bugun, 27 may kuni Konferensiyalar ligasining hal qiluvchi final bahsi bo'lib o'tadi.
Germaniyaning Leyptsig shahrida "Kristal Pelas" "Rayo Valekano" jamoalari o'zaro bellashadi. Bu qarama-qarshilik Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi.
Bu juftlik g'olibi kelasi mavsumda Yevropa ligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.
Oliver Glasner uchun "Kristal Pelas"dagi so'nggi bellashuv hisoblanadi. Aynan shu bahsdan so'ng avstriyalik mutaxassis "burgutlar"ni tark etadi. "Rayo" esa ilk bor turnir finaliga chiqdi va g'oliblik sari harakat qiladi.
Ma'lumot uchun, "Kristal Pelas" - "Rayo Valekano" bahsi Zo'r TV telekanali orqali jonli translyatsiya qilinadi.
Jamoalarning taxminiy tarkiblari:
Kristal Pelas – Henderson, Klayn, Lakrua, Kanvo, Munyos, Uorton, Mitchell, Pino, Sarr, Mateta.
Rayo Valekano – Kardenas, Balyu, Lejon, Siss, Chavarria, Valentin, Lopes, de Frutos, Palason, Garsia, Juravski.